Bayden Isroilga «misli ko‘rilmagan» yordamni va’da qildi, G‘azoga gumanitar yordam ajratdi
AQSh prezidentining Isroilga qisqa muddatli tashrifi yakunlandi.

Foto: Evelyn Hockstein/Reuters
AQSh prezidenti Jozef Bayden Isroilga tashrifini yakunladi. OAV xabarlariga ko‘ra, uning tashrifi 8 soatdan ortiq davom etdi. Bu vaqt ichida u bosh vazir Benyamin Netanyaxu va Isroilning boshqa rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bayden tashrif davomida Pentagon ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, G‘azo sektoridagi «Al-Ahliy» nasroniy-baptistlar shifoxonasiga berilgan raketa zarbasida Isroilning aloqasi yo‘q degan xulosaga kelganini aytdi.
«Mudofaa vazirligi menga taqdim etgan ma’lumotga ishonchim komil», dedi u jurnalistlarga.
Bayden Isroil yetakchilari bilan uchrashuv chog‘ida Qo‘shma Shtatlar Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi va tinch aholi qurbonlari xavfini kamaytirishga harakat qilishini aytdi.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti shu hafta oxirida Kongressdan Isroilga rekord miqdorda yordam ajratishni so‘rashini ma’lum qildi.
«Shu hafta oxirida men AQSh Kongressidan Isroil mudofaasi uchun misli ko‘rilmagan yordam paketini so‘rashni rejalashtiryapman», dedi u.
Shuningdek, Bayden G‘azo sektori va O‘rdun daryosining G‘arbiy sohiliga 100 million dollar gumanitar yordam berilishini e’lon qildi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu mablag‘lar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan 1 milliondan ortiq falastinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. AQSh prezidentining ta’kidlashicha, Isroil rasmiylari G‘azo sektoriga yordamni «imkon qadar tezroq» yetkazib berishga rozi bo‘lgan.
Avvalroq, AQSh prezidenti Iordaniyaga ham tashrif buyurishi kutilgandi, u yerda Falastin milliy ma’muriyati (FMM) raisi Mahmud Abbos bilan uchrashuv rejalashtirilgan edi. Biroq, Abbos G‘azodagi shifoxona bilan bog‘liq fojiadan so‘ng, bu uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortdi.
Buning ortidan Iordaniya hukumati chorshanba kuni Ammonda AQSh, Misr va FMM rahbarlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammitni bekor qildi.
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025