Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va YeI Isroilni G‘azo sektoridagi operatsiyani kechiktirishga chaqirdi - OAV
G‘arb ittifoqchilari garovga olinganlarni ozod etish bo‘yicha muzokara o‘tkazishga harakat qilmoqda.
Foto: Menahem Kahana/Getty Images
AQSh va Yevropa Ittifoqi rasmiylari Isroilni G‘azo sektorida quruqlikdagi harbiy operatsiyani keyinga qoldirishga chaqirdi. Bloomberg xabariga ko‘ra, bu HAMAS harakati bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun qilingan.
HAMAS bilan muzokaralar «muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin», ammo «kamida bir necha nafar tinch aholini» ozod qilish imkoniyati bor», degan Bloomberg manbalari.
G‘arb ittifoqchilari bosimi ostida Isroil G‘azo sektoriga keng ko‘lamli hujumni keyinga qoldirishga rozi bo‘lgani aytilmoqda.
20 oktyabr kuni HAMAS vakili Abu Ubayda garovga olingan ikki nafar AQSh fuqarosi ozod etilganini ma’lum qildi. U bu qarorini «gumanitar nuqtai nazar» bilan izohladi. Reuters xabariga ko‘ra, ular Qatar vositachiligida qo‘yib yuborilgan.
Hamaschilar 200 nafardan ortiq isroillik va bir necha o‘nlab xorijliklarni garovda ushlab turibdi. HAMAS vakillari garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishning asosiy shartlaridan biri Isroilning quruqlikdagi harbiy operatsiyani o‘tkazishdan bosh tortishi ekanini ta’kidlamoqda.
Bir kun avval Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant tez orada G‘azo sektorida quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshlash haqida buyruq berilishini aytgan edi.
Mavzuga oid
09:24 / 23.12.2025
Isroil hukumati armiya radiosini yopishni ma’qulladi
15:41 / 20.12.2025
Isroil sulhga qaramay G‘azodagi boshpanaga hujum uyushtirdi: kamida 6 kishi halok bo‘ldi
11:40 / 18.12.2025
Berlinda erkak Isroilga qarshi shiori uchun jarimaga tortildi
20:40 / 15.12.2025