Jamoa a’zolari (suratda chapdan o‘ngga):

Nurmurod Inog‘omov - muhandis;

Suxrob Sharipov - iqtisodchi;

Zafar Rahimov - buxgalter (jamoa sardori);

Jamshid Adilov - tarixchi;

Umid Valiyev - bank xodimi;

Sarvar Aminov - menejyer.

O‘yinni suratga olish jarayonidan lavhalar

Zafar Rahimov jamoasi 2023 yilning kuzgi mavsumi uchinchi o‘yinida ishtirok etadi.

1-raund savoli ingichka arqon, ignalar va chizg‘ich bilan Sobiq ittifoqda qanday kasallikni davolashgani haqidagi savol o‘ynaldi. Jamshid Adilov tomonidan ilgari surilgan variantni butun jamoa qo‘llab-quvvatlashi natijasida hisob bilimdonlar foydasiga ochildi – 1:0.

2-raundda Gavayi orollariga plyajlar uchun boradigan turistlar hukumatning qaysi cheklovidan norozi bo‘lgani so‘raldi. Ushbu chuqur mantiqli savolda jamoa har qancha urinmasin, to‘g‘ri javob bera olmadi. Hisob – 1:1.

Jamoa a’zosi Sarvar Aminov

3-raundda AQShning markaziy ko‘chalarida o‘rnatiladigan bir moslama haqidagi savol o‘ynaldi. Muhokama davomida jamoa to‘g‘ri javobga yetib bora olmadi va hisobda teletomoshabinlar oldinga chiqib oldi. Hisob – 1:2.

Jamoa a’zosi Nurmurod Inog‘omov

4-raundda o‘tmishda Buxorodagi madrasalarda o‘quv yili nega 21 sentabrdan 22 martgacha davom etgani haqidagi savol o‘ynaldi. Nurmurod Inog‘omov to‘g‘ri yo‘nalish boshlab bergan muhokamani davom ettirgan Jamshid Adilov bu savolga 

Jamoa sardori Zafar Rahimov

5-raundda juda qiziq milliy savol o‘ynaldi. Qo‘qon xonligidagi qaysi soliq tufayli XIX asrdan Qo‘qon aravalarining g‘ildiraklari katta qilib yasala boshlangan, degan mazmundagi savolga jamoa to‘g‘ri javob bera olmadi. Hisob – 2:3.