Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilinadi
Qozog‘istonliklar Xitoy davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan boshlab, 30 kun davomida ushbu mamlakatda vizasiz qolishi mumkin bo‘ladi.
Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari o‘rtasidagi viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi kelishuv 2023 yil 10 noyabrdan kuchga kiradi.
«Qozog‘iston Respublikasi hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o‘rtasida viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi bitim 2023 yil 17 may kuni Sian shahrida tuzilgan. U 2023 yil 10 noyabrdan kuchga kiradi», deyiladi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Qozog‘istonliklar Xitoy davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan boshlab, 30 kun davomida ushbu mamlakatda vizasiz qolishi mumkin bo‘ladi. Shunday qoida Xitoy aholisi uchun ham amal qiladi.
Qayd qilinishicha, vizasiz rejim Xitoy fuqarolariga Qozog‘istonda doimiy yashash va ishlash huquqini bermaydi.
Mavzuga oid
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026