Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sankt-Peterburg markazida 11 nafar o‘zbekistonlik mushtlashdi
Politsiya ularni hibsga olgani, ularga nisbatan immigratsiya qonunchiligini buzganlik uchun 6 ta, mayda bezorilik uchun 8 ta bayonnoma tuzilgani aytilmoqda.
Foto: RIA Novosti
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri markazida o‘zbekistonlik fuqarolar bir ayol uchun mushtlashdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 17 oktyabrga o‘tar kechasi Dostoyevskiy ko‘chasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. «Kattaqo‘rg‘on» kafesi yaqinida mojaro boshlangani haqidagi xabar kelib tushganidan so‘ng u yerga politsiya yetib borgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ichki ishlar bo‘limiga 23 yoshdan 42 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan sartarosh bo‘lib ishlayotgan 34 yoshli ayol olib ketilgan. Ma’lum bo‘lishicha, aynan u tufayli ko‘chada janjal kelib chiqqan. Oqibatda ikki kishi yopiq bosh jarohati, miya chayqalishi va ko‘plab ko‘karishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hibsga olinganlarga nisbatan immigratsiya qonunchiligini buzganlik uchun 6 ta, mayda bezorilik uchun 8 ta bayonnoma tuzilgani aytilmoqda. Bundan tashqari, tekshiruv natijalariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mojaroning to‘rt ishtirokchisi bezorilikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:28 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
22:47 / 21.12.2025
Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
18:29 / 21.12.2025