Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
Sinoptiklar 23-25 oktyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 24 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi. 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 24 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 24 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 23 oktyabrda +15...+20 daraja; 24 oktyabrda +9...+14 daraja, 25 oktyabrda +22...+27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja; 24 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; 25 oktyabrda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 24-25 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 oktyabrda kechasi va kunduzi +5...+10 daraja; 24 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja; 25 oktyabrda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
16:59 / 22.12.2025
Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi
14:58 / 22.12.2025