19:00 / 21.10.2023
4540
Reklama

Ucell VoLTE/ViLTE texnologiyalarini ishga tushirmoqda

Foto: Ucell

Ucell zamonaviy texnologiyalarni tizimga joriy etishda davom etmoqda. Bu safar abonentlarga yuqori sifatli ovoz va tasvir uzatish hamda tezkor ovozli va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beruvchi VoLTE/ViLTE xizmatlarini ishga tushirmoqda.

Texnologiyaning ishga tushishi mijozlarning muloqot tajribasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Birinchi bosqichda Navoiy viloyatida yangi texnologiyalar ishga tushirilib, viloyatdagi B2C va B2B abonentlari foydalanishi mumkin bo‘ladi. Keyin esa VoLTE va ViLTE orqali aniq ovoz va tezkor ulanishlar butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytiriladi.

Xizmatlar uchun tariflar eski holatda ovozli va video qo‘ng‘iroqlar uchun bir xil bo‘lib qolaveradi.

 Ma’lumot:

VoLTE- tezkor ulanish va tiniq ovozga ega qo‘ng‘iroq texnologiyasi. Ilgari qo‘ng‘iroqlar uchun 4G tarmog‘idan foydalanganda abonent 3G/2G tarmoqlariga o‘tishi kerak edi, bu esa kechikishlar va qo‘ng‘iroqlar sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin edi. Shuni ta’kidlash kerakki, VoLTE abonentga bir vaqtning o‘zida gaplashish va mobil Internetdan foydalanish imkonini beradi.

ViLTE- bu boshqa mobil ilovalardan foydalanmasdan LTE tarmog‘idagi abonentlar o‘rtasida video aloqani o‘rnatuvchi texnologiyadir. Video seans uchun ikkala abonentda texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan va 4G tarmog‘ining qamrov zonasida joylashgan mobil qurilmani bo‘lishi kifoya. Ucell O‘zbekistonda birinchilar qatorida ViLTE orqali videomuloqot xizmatini ishga tushirdi.

 Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:

“Ucell har doim abonentlarga sifatli xizmatlarni taklif etadi. Bunga erishish uchun biz nafaqat yangi infratuzilmani faol ravishda qurmoqdamiz, balki texnologik yetakchilik strategiyasiga amal qilgan holda innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqib ularni ishga tushirmoqdamiz. VoLTE/ViLTE’ning joriy etilishi abonentlarning aloqa imkoniyatlarini yaxshilaydi, ularga qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar vaqtida aniq ovoz va tezkor internetdan foydalanish imkonini beradi. Ucell xizmatlar sifatini oshirishda davom etadi va mijozlar qulayligini faol ravishda yaxshilashni o‘z oldiga maqsad qilgan”.

Reklama

Mavzuga oid
Top