Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishiga rozilik beruvchi bayonnomani imzoladi
Endi uni Turkiya parlamenti ratifikatsiya qilishi kerak.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 23 oktyabr kuni Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishiga rozilik beruvchi bayonnomani imzoladi. Endi u Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Shvetsiya poytaxtida Qur’onni yoqib yuborish bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, Stokholmdan kurd qochqinlari va turk muxolifatchilarini topshirish haqidagi talabi qondirilmagani bois, «Shvetsiya NATO a’zosi bo‘lishni unutishi» kerakligini aytgan edi. Alyans a’zoligiga qabul qilinish uchun uning barcha a’zolari roziligi talab qilinadi.
2023 yil iyul oyida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Erdo‘g‘anning Shvetsiya arizasini qo‘llab-quvvatlashi haqida kelishuvga erishganini aytdi. Bu qaror Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan muzokaralar yakunida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin Finlyandiya va Shvetsiya NATO a’zosi bo‘lish uchun ariza berdi. 4 aprel kuni Finlyandiya rasman Shimoliy Atlantika alyansining 31-a’zosiga aylandi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026