Turkmanistonda fuqarolik pasportining yangi namunasi joriy etiladi
Ilgari chiqarilgan, eski uslubdagi pasport o‘z kuchini saqlab qoladi.

Foto: arzuw.news
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakat fuqarosining yangi namunadagi pasportini rasmiylashtirish va berish tartibi, undan foydalanish qoidalari haqidagi qarorni imzoladi.
Qarorda Turkmaniston fuqarosi pasportining namunasi va tavsifi, uni muomalaga kiritish qoidalari keltirilgan.
Shu bilan birga, qarorda tegishli asoslar mavjud bo‘lgandagina pasportni yangisiga o‘zgartirish mumkinligi qayd etilgan. Ya’ni, ilgari chiqarilgan eski uslubdagi hujjatlar o‘z kuchini saqlab qoladi.
Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga bir oy muddatda qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar tayyorlash topshirilgan.
Qayd etilishicha, yangi turdagi pasport joriy etilishi haqida oldindan xabar berilmagan. Yangi pasport nima maqsadda ishlab chiqilgani va u avvalgisidan qanday farq qilishi ham noma’lum.
Turkmanistonda pasport 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga beriladi. Uning amal qilish muddati cheksiz. Fuqaro 25 va 45 yoshga to‘lganida pasportga yangi fotosurat yopishtiriladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
Jahon | 23:14
-
14 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:59
-
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 22:36
-
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi
Jahon | 22:25
Mavzuga oid

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025