“BIZNES DIPLOMAT” loyihasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida ilk marotaba O‘zbekistonda!
“BIZNES DIPLOMAT” loyihasining asoschisi, asli o‘zbekistonlik xalqaro tadbirkor Mirshod Shokirov ayni paytda Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi. Ayni paytda AQSh, Angliya, Xitoy hamda O‘zbekistonda tarkibiga bir nechta korxonalarni olgan “MIORA GROUP” (AQSh) xolding kompaniyasi rahbari bo‘lgan tadbirkor xalqaro maydondagi faoliyatini Nyu Yorkdagi BMT bosh assambleyasida boshlagan.
17 yillik xalqaro darajadagi tajribasini hamyurt tadbirkorlar bilan bo‘lishishni niyat qilgan investor o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning yanada o‘sishiga, yangi pog‘onani zabt etishiga, eksport hajmini oshiruvchi harakatlarga ko‘maklashishni niyat qilgan.
18 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonlik” III xalqaro forumi doirasida “BIZNES DIPLOMAT” loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.
“BIZNES DIPLOMAT - I” Mirshod Shakirovning O‘zbekiston Savdo Sanoat Palatasi hamkorligidagi O‘zbekistondagi ilk, o‘zbek tilidagi mualliflik loyihasidir.
Loyiha Toshkent, London va Oksford shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Har bir ishtirokchi, O‘zbekiston Tadbirkorlari delegatsiya namoyandasi sifatida, ikki davlat - O‘zbekiston va Britaniya hamkorligida tashkil etilgan 30 noyabrda Londonda bo‘lib o‘tadigan investitsion Forumda ham ishtirok etishadi.
“BIZNES DIPLOMAT - I” loyihasi asosidagi trening-amaliyotlar 18-19, 25-26 noyabr kunlari Toshkentda, 1 dekabr Oksford va 2 dekabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar Britaniya safaridan qaytishganidan keyin esa, 9 dekabr kuni tantanali yopilish marosimida sertifikat bilan taqdirlanadilar.
“BIZNES DIPLOMAT” loyihasi asosidagi treninglar 18-19, 25-26 noyabr kunlari Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida tashkil etiladi.