Odil Abdurahmonov yangi oliy ta’lim vaziri bo‘ladi
U muqaddam ushbu vazirlikda vazir o‘rinbosari bo‘lgan, keyinroq prezident maslahatchisiga aylangan, so‘nggi vaqtlarda prezident administratsiyasidagi departament rahbari sifatida ishlayotgandi.

Foto: Xalqaro press klub
Odil Qalandarovich Abdurahmonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanadi. Bu haqdagi ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
U yangi lavozimda Ibrohim Abdurahmonov o‘rnini egallamoqda.
Odil Abdurahmonov 1978 yilda tug‘ilgan, iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega.
U muqaddam prezident devoni (hozirgi prezident administratsiyasi)da bosh konsultant lavozimida, keyinroq devonning ijro apparati rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Keyinroq Respublika bandlik, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish ilmiy markazi rahbari bo‘lgan. 2018 yil 31 iyulda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
2019 yil aprel oyida prezident administratsiyasiga qaytib, prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Abdujabbor Abduvohidov)ga o‘rinbosar bo‘lgan, 2020 yil iyulida Transport universiteti rektori lavozimiga o‘tkazilgandi.
2022 yil avgustida O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan, 2023 yil avgustida prezident administratsiyasidagi islohotlar doirasida tuzilgan Ijtimoiy rivojlanish departamenti direktori sifatida ish boshlagandi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi
Jahon | 01:05
-
Kreml AQShni «katta bitim»ga jalb qilib, Trampni qiziqtiradigan takliflarni qidirmoqda - OAV
Jahon | 00:45
-
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi
Jahon | 00:22
-
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
Jahon | 23:54 / 21.04.2025
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025