Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin yadroviy kuchlar mashqini o‘tkazdi
Mashqlar davomida «dushmanning yadroviy zarbasiga javoban ommaviy yadro zarbasi» sinab ko‘rildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yadroviy tiyib turuvchi kuchlar mashqini o‘tkazdi. Bu haqda Kreml sayti xabar berdi.
Mashg‘ulotlar doirasida Plesetskdagi kosmodromdan Kamchatkadagi poligonga «Yars» qit’alararo raketasi, Barens dengizidagi «Tula» atom suvosti kemasidan «Sineva» raketasi uchirildi.
Bundan tashqari, mashg‘ulotlar doirasida uzoq masofaga uchuvchi Tu-95MS samolyotlari havo raketalarini ham uchirdi.
Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Putinga bergan hisobotidan ma’lum bo‘lishicha, mashg‘ulotlar davomida «dushmanning yadroviy zarbasiga javoban ommaviy yadro zarbasi» ham sinab ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni Rossiya Federatsiya Kengashi yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechish haqidagi qonunni ma’qulladi. Rossiya hukumati o‘z harakatlarini boshqa ko‘plab davlatlar, xususan, AQSh ushbu shartnomani ratifikatsiya qilmagani bilan izohladi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026