Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azodagi operatsiyada amerikalik askarlar ishtirok etmayapti – Pentagon
Pentagon AQSh harbiylarining G‘azodagi quruqlik operatsiyasida ishtirok etayotgani haqidagi xabarni inkor qildi.
«AQSh Qurolli kuchlari G‘azodagi quruqlik operatsiyalarida qatnashmayapti», deyiladi Pentagon bayonotida.
Avvalroq, Eronning Tasnim agentligi G‘azoda AQSh Qurolli kuchlarining 5 ming askari jang qilayotgani haqida yozgan edi.
Avvalroq, AQSh Mudofaa vazirligi Isroilni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuborish uchun ikki mingga yaqin askarni tanlab olgani, ularga maslahat berish va tibbiy yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilishi, ularning jangovar harakatlarda ishtirok etmasligi, askarlar jangovar tayyor holatga keltirilmagani haqida xabar berilgan edi.
Shu bilan birga, AQSh Mudofaa vazirligi «Jyerald Ford» va «Duayt Eyzenxauer» aviatashuvchi kemalari boshchiligida O‘rta yer dengizining sharqiy qismiga ikkita zarba guruhini yubordi. Pentagon rahbari Lloyd Ostin ta’kidlaganidek, bu «Isroilga qarshi dushmanlik harakatlarini tiyib turish va urushni kengaytirishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi choralarning bir qismi sifatida» amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026