Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask G‘azo sektoriga yordam berishini aytdi, Isroil buni qoraladi
Mask G‘azodagi xalqaro tashkilotlarni internet bilan ta’minlashi mumkinligini ta’kidladi. Bunga javoban Isroil uning kompaniyasi bilan aloqalarni uzganini e’lon qildi.
Sun’iy yo‘ldosh aloqa kompaniyasi Starlink aloqa va internetdan uzib qo‘yilgan G‘azo sektoriga yordam beradi. Bu haqda tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Bunda Mask faqat xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlarga yordam berishini ta’kidladi.
«Starlink G‘azodagi xalqaro miqyosda tan olingan gumanitar tashkilotlar uchun aloqani ta’minlaydi», deb yozdi u.
Shu bilan birga, Mask boshqa postida Starlink tarmog‘iga ulanish uchun hali G‘azodan ariza kelib tushmaganini ma’lum qildi.
Maskning bayonotidan keyin Isroil Starlink bilan aloqalarni uzganini e’lon qildi. Bu haqda Isroil aloqa vaziri Shlomo Kari aytdi.
«Ehtimol, Mask bu qarorini o‘g‘irlab ketilgan bolalarimiz, o‘g‘il-qizlarimiz va qariyalarimizni ozod qilish sharti bilan bog‘lashni istar? Barchasini! Ungacha mening idoram Starlink bilan barcha aloqalarni uzadi», dedi u.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
17:20 / 02.07.2026