O‘zbekiston | 21:54 / 30.10.2023
21355
2 daqiqa o‘qiladi
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘zgarishi ortidan, vazir o‘rinbosarlari tarkibida ham o‘zgarishlar bo‘ldi.
Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Tog‘ayev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Anvar Karimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston” nashri ma’lum qilishicha:
- Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
- Akmal Qosimov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Prezident administratsiyasi Agrosanoat kompleksini rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimida ishlab kelgan.
- Bunyod Oxunov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Moliya-iqtisodiyot va investitsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Aziz Voitov qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan ozod etilgan, uning o‘rniga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov tayinlangan edi.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024