O‘zbekiston | 09:30 / 01.11.2023
9172
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

OQ - O‘zbekistonda yangi teleko‘ngilochar IT-startap joriy etildi

Foto: OQ

OQ — aloqa va mediakontent xizmatlarini birlashtirgan startap bo‘lib, foydalanuvchilarga juda qisqa vaqt ichida tarmoqqa masofadan ulanish imkoniyatini beradi. Xizmatlarni mustaqil tanlash va individual tarifni shakllantirish, shuningdek, adolatli to‘lovlar — OQʼning asosiy tamoyillari hisoblanadi.

 Soflik va shaffoflik ma’nosiga ega "OQ" nomi yangi avlod qadriyatlari — ochiqlik, so‘z erkinligi va tanlov erkinligini aks ettiradi. Bu rang poklik va shaffoflik falsafasini anglatadi, bu esa foydalanuvchilar uchun hisob-kitoblar va shartlarning mutlaq shaffofligini ta’kidlaydi. OQ kontentni majburlab ulamaydi va yashirin to‘lovlarni yechmaydi.

 Ushbu innovatsion ilovani ishga tushirish yetakchi telekommunikatsiya kompaniyasi VEON Group investitsiyalari evaziga amalga oshirildi. Bu VEON hamda milliy va xalqaro IT-kompaniyalarda telekommunikatsiya sohasida tajribaga ega, OQ loyihasini yaratgan o‘zbekistonlik mutaxassislar jamoasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikdir.

 OQʼning asosiy afzalliklaridan biri MyID biometrik ma’lumotlari asosida joriy qilingan (integratsiyalangan) shaxsiy identifikatsiya tizimi tufayli mobil ilovada atigi bir daqiqada masofadan turib ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatidir. Bu zamonaviy foydalanuvchilarga telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanishda, o‘z manzilini tanlashda katta erkinlik beradi. OQ tufayli mijozlar mobil ilovada xizmatlarni birlashtirib, o‘z didiga ko‘ra ko‘ngilochar kontentni tanlashi mumkin. OQ Stingray onlayn radiosida striming musiqasi va O‘zbek kinosining oltin fondidan litsenziyalangan filmlarni qo‘shimcha to‘lovlarsiz yuqori sifatda tomosha qilish imkonini beradi. Ilovadagi mediakontent doimiy ravishda yangilanadi va yaqin kelajakda OQ uchun maxsus yaratilgan eksklyuziv kontent mavjud bo‘ladi.

 OQ bu — foydalanuvchi erkinligining mutlaqo yangi darajasi. Mobil aloqa ilovasini qayerda va qachon ulashni mijozning o‘zi hal qiladi hamda xizmatlar paketi va ko‘ngilochar servislarni o‘zi shakllantiradi. Ishonamizki, startapimiz an’anaviy aloqa bozorini tubdan o‘zgartiradi va O‘zbekiston aholisining iste’mol borasidagi odatlarini o‘zgartiradi”, — deya sharhlaydi OQ loyihasi rahbari Abdulaziz Mansurov.

 Erkin tanlov va o‘zini ochiqcha namoyon qilishga alohida e’tibor foydalanuvchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri ilovada mavjud bo‘lgan maxsus ijtimoiy tashabbuslar orqali brend bilan hamkorlik qilish imkoniyatida aks etadi. Endi har bir mijoz OQ orqali mavjud xayriya yo‘nalishlaridan qaysi ijtimoiy loyihaga yordam bermoqchi ekanini tanlaydi.

 "Biz O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasidagi yangi startapni kutib olishdan mamnunmiz! OQ brendi aloqa xizmatlari, ko‘ngilochar kontent va xayriyani o‘zida birlashtirgan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatishga zamonaviy yondashuvni o‘zida mujassam etgan", deya ta’kidlaydi Beeline Uzbekistan (VEON Group tarkibiga kiruvchi kompaniya) bosh direktori Andjyey Malinovski.

***

Kompaniya va OQ loyihasi haqida

VEON telekommunikatsiya va internet xizmatlarining global provayderi bo‘lib, dunyoning olti jadal rivojlanib borayotgan mamlakatida 160 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan. 2022 yilda VEON telekommunikatsiya sohasidagi yangi o‘zbek OQ IT-startapiga sarmoya kiritdi.

OQ mobil aloqa ilovasi bo‘lib, telekommunikatsiya tarmog‘iga masofadan ulanish, mustaqil ravishda tarif yig‘ish, foydalanuvchi o‘zi uchun kerakligini tanlash hamda trafik sarflamasdan va obunalar uchun to‘lovsiz mediakontentni tomosha qilish va tinglash imkonini beradi. OQ — to‘liq shaffof to‘lovlarga ega birinchi teleko‘ngilochar ilova.

Sayt: oq.uz

Facebook: @oquzbekistan

Instagram: @oq.mobile

Telegram: @oqmobile

LinkedIn: @oqmobile

Reklama

#OQ