Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
DXX raisi o‘rinbosarlaridan biri prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi, prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi G‘ofur Mirzayevga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident administratsiyasida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
G‘ayratulla Yoziyev O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar G‘.Yoziyev Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Qahramon Sariyev prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sariyev muqaddam Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot vaziri va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U 2022 yil dekabridan buyon prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.
Ulug‘bek Muhammadiyev prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – prezident xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek Muhammadiyev 2008–2017 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi sifatida faoliyat yuritgan. Keyinroq davlat maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018–2020 yillarda prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2020 yil yozida Davlat xizmatlari agentligiga rahbar etib tayinlangandi.
2022 yil yanvarida yana prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagandi.
Umar Ismoilov esa Muhammadiyevga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi – u endi prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari.

U muqadddam Davlat xavfsizlik xizmati (sobiq milliy xavfsizlik xizmati)da ishlagan, 2003–2006 yillarda prezidentning kadrlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, keyinroq prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari sifatida ishlagan, 2022 yil dekabridan buyon prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgustida Sardor Umrzoqov prezident administratsiyasi rahbarligidan ketishi ortidan administratsiyada yangilanishlar ro‘y bergandi. Xususan, prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga o‘tkazilgandi. Uning avvalgi lavozimidagi o‘rinbosarlari Qahramon Quronboyev (birinchi o‘rinbosar), Qahramon Sariyev, Ulug‘bek Muhammadiyev va Umar Ismoilov bo‘lgan.
Qahramon Quronboyev avgust oyida prezident administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari lavozimida ishlay boshlagan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

10:54 / 12.03.2025