O‘zbekiston | 10:45 / 01.11.2023
16440
1 daqiqa o‘qiladi

Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi

“Turonbank” banki Guliston filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Niyoz Hazratqulov shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Foto: Sirdaryo viloyati xokimligi

Sirdaryoda xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qatnashgan sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi.

Ayni kunga qadar “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Guliston filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Niyoz Namozboyevich Hazratqulov shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Avvalroq Shirin hokimi Sarvar Sultonov Mirzaobod tumani hokimi sifatida ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Sarvar Sultonov 2020 yil sentabridan buyon Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan.

 

 

Mavzuga oid