Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston uchta davlat bilan gaz bo‘yicha 15 yillik shartnoma tuzishi mumkin
Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida gaz sohasidagi hamkorlik kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.
Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida gaz sohasidagi hamkorlik ufqi 15 yilni tashkil etadi, uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi 2024 yil o‘rtalarida tuzilishi mumkin. Bu haqda «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumi chog‘ida aytib o‘tdi.
«Biz hamkorligimiz uchun uzoq muddatli shartnoma asosini yaratmoqdamiz, Qozog‘iston, O‘zbekiston va qirg‘izistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlik ufqini 15 yil qilib belgilab oldik. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar asosida 2024 yil o‘rtalariga qadar Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan 15 yillik hamkorlikni o‘rnatish uchun asos yaratishni maqsad qilganmiz», dedi u.
Miller so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda, tomonlar Rossiya gazini yetkazib berishni yanada kengaytirish, «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvurlari tizimi orqali Qozog‘istonda gaz tashish quvvatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu nafaqat tranzit quvvatlariga, balki ushbu mamlakatlardagi iste’molchilarga Rossiya gazini yetkazib berishga ham tegishli ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026
Si Putin bilan Rossiya gazi uchun shartnoma tuzishni yana rad etdi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
22:33 / 25.03.2026