AQSh quldorlar sharafiga atalgan qushlarning nomini o‘zgartiradi
Ornitologiya jamiyati irqchilik va quldorlik bilan bog‘liq tarixiy shaxslar nomi bilan atalgan o‘nlab qushlarning nomini o‘zgartirmoqchi.

Foto: theins.ru
AQSh Ornitologiya jamiyati o‘tmishda quldorlik bilan aloqador odamlar ismi bilan atalgan qushlarning nomi o‘zgartirilishini e’lon qildi.
Hozir Shimoliy Amerikada irqchilik va quldorlik bilan bog‘liq tarixiy shaxslar nomi bilan atalgan o‘nlab qush turlari mavjud.
«Ismda kuch bor va ba’zi ingliz qush nomlari o‘tmish bilan zararli o‘xshatishlarni keltirib chiqaradi. Qushlarni yaxshi ko‘radigan va ularga g‘amxo‘rlik qiladigan har bir kishi ulardan bahramand bo‘lishi va ularni erkin o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», dedi Ornitologiya jamiyati prezidenti Kollin Xendel. Qayd qilinishicha, hammasi bo‘lib 70-80 qush nomi o‘zgartiriladi.
Jumladan, Odyubon jarqaldirg‘ochi nomi o‘zgartiriladi. U qul saqlagan ornitolog Jon Odyubon sharafiga nomlangan.

Shuningdek, tabiatshunos Aleksandr Vilson sharafiga nomlangan Vilson qamish qushi va Vilson loyxo‘raki, Kirtlend daraxt baqasi, Anna kalipta kolibrisi, general Uinfild Skott sharafiga nomlangan Skott zarg‘aldog‘i nomi ham o‘zgartiriladi. Ularning barchasi quldorlik bilan aloqador yoki irqiy ustunlik nazariyasi tarafdori bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, qushlar nomini o‘zgartirish jarayoni 2020 yilda qo‘ng‘ir Makkoun qushidan boshlangan. U ofitser Jon P.Makkoun sharafiga nomlangan edi. Hozir bu shaxs ko‘pchilik tomonidan quldorlik va irqchilik ramzi sifatida qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?
Jahon | 18:04 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

22:44 / 22.06.2025
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi

17:38 / 22.06.2025
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV

16:11 / 22.06.2025
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev

12:57 / 22.06.2025