Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi raisining lavozimga loyiqligi ko‘rib chiqiladi
Prezident yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani va boshqa holatlarni Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi “jiddiy kamchiliklardan dalolat” deb atadi.
O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shohrux Shorahmedov lavozimida ozod etilishi mumkin.
Prezident o‘tkazgan 9 noyabr kungi selektorda sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi. Sariyog‘ eksportiga cheklovni bekor qilish, sut yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha hukumatga topshiriq berildi.
Yirik chakana savdo tarmoqlarida sotilayotgan quruq va tabiiy sutdan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyotini joriy etish, ko‘chma go‘sht-sut shoxobchalarini tashkil qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yirik savdo tarmoqlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga teng sharoit yaratilmagani, ulardan mahsulot pulini olishdagi muammolar, aholida mahsulot sifati va narx-navosi bo‘yicha shikoyatlar ko‘pligi Raqobat qo‘mitasi faoliyatidagi jiddiy kamchiliklardan dalolat ekani ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan qo‘mita raisi Sh.Shorahmedovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.
Mavzuga oid
09:01 / 02.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi
20:20 / 25.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Centrum Air va Qanot Sharq reyslaridagi kechikishlar bo‘yicha so‘rov yubordi
11:48 / 21.05.2026
OLX onlayn reklama bozorida ustun mavqega ega deb topildi
10:50 / 18.05.2026