Si va Bayden o‘rtasidagi uchrashuvning maqsadlari aytildi
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, Si Jinping Bayden bilan strategik masalalarni muhokama qiladi.

Foto: AR
Xitoy raisi Si Jinping 15 noyabr kuni Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida AQSh prezidenti Jozef Bayden bilan AQSh-Xitoy munosabatlaridagi strategik masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi (TIV) vakiliga tayanib TASS ma’lum qildi.
«Ikki davlat rahbarlari Xitoy-AQSh munosabatlarini shakllantirish uchun strategik, keng qamrovli va fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar, shuningdek, dunyo tinchligi va taraqqiyoti bilan bog‘liq asosiy masalalar bo‘yicha chuqur muloqot o‘tkazadilar», deyiladi bayonotda.
TIV shuningdek, Si Jinpingning tashrifi uning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy hamkorlikka sodiqligini anglatishini ma’lum qildi. Xitoy tomonining fikricha, APEC mintaqaning iqtisodiy o‘sish drayveri maqomini saqlab qolish uchun muhim platforma sanaladi.
1 noyabr kuni AQSh va Xitoy o‘z yetakchilarining uchrashuvi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. U Qo‘shma Shtatlarda bo‘lib o‘tadigan APEC sammiti arafasida yuz beradi. Bu ikki davlat rahbarlarining 2022 yildagi G20 Bali sammitidan keyingi ilk uchrashuvi va Si Jinpingning 2017 yildan beri Qo‘shma Shtatlarga birinchi tashrifi bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

19:18 / 03.07.2025
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi

16:57 / 03.07.2025
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi

15:55 / 03.07.2025