Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti mamlakatlar «yarashganidan» keyin birinchi marta Saudiya Arabistoniga bordi
Ibrohim Raisiy ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar tiklanganidan keyin ilk bor Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.
11 noyabr kuni Ar-Riyozda Arab davlatlari ligasi (AL) va Islom hamkorlik tashkiloti (OIC) qo‘shma sammiti bo‘lib o‘tdi. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, G‘azo sektoridagi favqulodda vaziyatlarni hisobga olgan holda arab-islom qo‘shma sammitini o‘tkazishga qaror qilindi.
Ikki tadbir «G‘azo sektori va Falastin hududlarida kuzatilgan xavfli va misli ko‘rilmagan hodisalarga qarshi turish va ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun arab va islomning umumiy irodasini ifodalovchi jamoaviy pozitsiyani ishlab chiqish» uchun birlashtirilgan.
Eron va Saudiya Arabistoni azaldan mintaqadagi asosiy raqib bo‘lib kelgan. 2016 yil boshida mamlakatlar Tehronning keskin bayonotlari va mashhur shia voizi Nimr an-Nimrning Ar-Riyozda qatl etilishi ortidan Saudiyaning Erondagi elchixonasiga qilingan hujumdan so‘ng diplomatik munosabatlarni uzgan edi. Bundan tashqari, manfaatlarning to‘qnashuvi tufayli davlatlar ochiq harbiy mojaro yoqasida edi. Biroq shu yilning mart oyida Xitoy vositachiligida ularning yarashuv jarayoni boshlandi. Mamlakatlar diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib, dengizda xavfsizlikni ta’minlash uchun mintaqada koalitsiya tuzish imkoniyatlari haqida gapira boshladi.
Mavzuga oid
14:37
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026