Rossiya harbiy harakatlari boşlanganidan keyin Yevropa Ittifoqiga kelgan ukrainalik qoçqinlar soni ketma-ket oltinçi oy oşdi. Yevropa statistika agentligi - Eurostat’ning 10 noyabr, juma kuni xabar berişiça, sentabr oxirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida vaqtinçalik himoya maqomi berilgan deyarli 4,2 million Ukraina fuqarosi bölgan. Bu avgust oyining oxiriga nisbatan 31 920 kişiga yoki 0,8 foizga köpdir.
Oy davomida Ukrainadan kelgan qoçqinlar sonining eng katta ösişi Germaniya (+19 205 kişi yoki 1,6 foiz), Niderlandiyada (+3685 kişi yoki 2,8 foiz) va Irlandiyada (+2875 kişi yoki 3,2 foiz) qayd etildi. YeIning beşta davlati – Çexiya, Fransiya, Polşa, Sloveniya va Lyuksemburgda qoçqinlar oqimi biroz kamaygan, deyiladi hisobotda.
Eurostat ma’lumotlariga köra, vaqtinçalik himoya olgan ukrainalik qoçqinlar soni böyiça Yevropa Ittifoqining asosiy davlatlari Germaniya (1 million 194 900 kişi yoki 28,3 foiz), Polşa (958 655 kişi yoki 23,1 foiz) va Çexiya (357 960 kişi yoki 8,8 foiz) bölib qolyapti.
Ukrainadan kelgan qoçqinlar uçun Yevropa Ittifoqidagi vaqtinçalik himoya
Yevropa Ittifoqida Ukrainadan kelgan qoçqinlarni vaqtinçalik himoya qiliş böyiça direktiva Rossiyaning mamlakatda harbiy harakatlar boşlaganidan keyin faollaştirilgan. Tizim 1990-yillar va 2000-yillarning boşlarida Bolqon uruşlaridan keyin işlab çiqilgan. Uning maqsadi Yevropa Ittifoqiga qoçqinlarning ommaviy oqimi paytida boşpana tizimlarining ortiqça yuklanişi oldini olişdir. Uruşdan qoçgan odamlar yaşaş uçun ruxsatnomalarni tez va byurokratik tartib-qoidalarsiz oladi.
Sentyabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqi içki işlar vazirlari Yevrokomissiya taklifi bilan direktivaning amal qiliş muddatini 2025 yil martigaça uzaytirdi.

















