Ukraina uchun qiruvchilar va Liman yaqinidagi zirhli poyezd. Urush suratlari
Ukrainada urushning 628-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RIA Novosti va TASS RF mudofaa vazirligiga tayanib Dnipro daryosi bo‘yidagi Rossiya qo‘shinlari «qayta guruhlanayotgani» haqida xabar berdi, keyin esa bu xabarini o‘chirib yubordi. Mudofaa vazirligi yangilikni provokatsiya deb atagan, RIA Novosti vakili esa keyinroq ma’lumot «mudofaa vazirligining, taxminlarga ko‘ra, Ukraina hududidan turib yuritiladigan soxta akkauntidan olingani»ni bildirgan.
- The Economist AQSh hukumati baholariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon 70 ming ukrain jangchisi halok bo‘lib, yana 120 ming kishi yaralangani haqida xabar berdi. Jurnalistlar bu ma’lumotlar manbasini keltirmagan.
- Xarkiv sudi mahalliy aholi vakilini umrbod qamoq jazosiga hukm etdi. U 2022 yil martida ma’muriyat binosiga zarba berilishi uchun Rossiya raketasiga nishon belgilab berishda aybdor deb topilgan (o‘sha hujum oqibatida 44 kishi halok bo‘lgandi). Ayblanuvchi aybini tan olmagan va «Ukrainada adolat yo‘qligi»ni aytgan.
- Mash telegram-kanali ukrainlarning diversiya-razvedka guruhlari Belgorod oblastiga yorib kirgani haqida xabar tarqatdi. Region rahbari bu ma’lumotni «feyk» deb atadi.
- Moskva munitsipal deputati, armiya to‘g‘risidagi «feyklar» bo‘yicha yetti yilga qamalgan Aleksey Gorinovga qarshi yangi ish ochildi — terrorizmni oqlash moddasi (JK 205.2-moddasi, 1-qismi) bo‘yicha — kameradoshlari bilan «Azov» batalyoni va Qrim ko‘prigidagi portlash haqidagi suhbati tufayli.
Ruminiyada F-16 pilotlarini tayyorlash markazi
Ruminiya janubi-sharqidagi Feteshti shahri yaqinidagi aviabazada NATOning Yevropadagi o‘quv markazi ochilgan. Bu yerda alyansga a’zo mamlakatlar pilotlari Niderlandiya tomonidan taqdim etilgan F-16 qiruvchi samolyotlarida uchishni o‘rganadi. Bu yerda dekabr oyida ukrainalik pilotlar ham mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Niderlandiya Ukrainaga 42 samolyot taqdim etgan: ularning barchasi ham UQK ehtiyojlari uchun emas, samolyotlarning bir qismi faqat yarim yil davom etadigan mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Niderlandiyadan tashqari Daniya (19 ta), Norvegiya (10 tagacha) va Belgiya (aynan qanchaligi hozircha noma’lum) ham o‘z texnikalarini berishni rejalashtirgan. Ukraina dastlabki F-16 samolyotlari 2024 yilning birinchi yarmida yetib kelishini kutmoqda.
Volodimir Zelenskiy bu harbiy yordam «[Ukraina va NATO] mamlakatlari aviatsiya koalitsiyasiga muhim amaliy hissa bo‘lishi»ni ta’kidlagan.
Rossiyaning Liman yaqinidagi zirhli poyezdi
Xarkiv yaqinidagi ukrain harbiylari
Omskda shartnoma asosida xizmat qilish reklamasi
Mavzuga oid
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024