2022 yilda Ukrainada mina qurbonlari soni 10 barobar oshdi
Rossiya harbiy harakatlari 2022 yil fevral oyida boshlanganidan beri Ukrainada minalar portlashi oqibatida 608 kishi jabrlangan, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 58 nafarga teng edi.

Foto: Vadim Ghirda/AP/dpa/picture alliance
Ukraina 2014 yilda boshlangan qurolli mojaro va Rossiyaning 2022 yil 24 fevralda mamlakatda keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlashi natijasida minalar va urushning portlovchi qoldiqlari bilan to‘lib toshgan. Bu haqda 14 noyabr, seshanba kuni e’lon qilingan Minalarni taqiqlash xalqaro harakatining (ICBL) yangi hisobotida aytiladi.
ICBL ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 27 viloyatidan 11 tasida, xususan, Chernihiv, Dnipropetrovsk, Donetsk, Xarkiv, Xerson, Kiyev, Luhansk, Mikolayiv, Odessa, Sumi va Zaporijjyada minalar topilgan. 2022 yil fevralidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainada kamida 13 turdagi piyodalarga qarshi minalardan foydalangan.
Ukraina - dunyoda mina qurbonlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda
Natijada, o‘tgan yili Ukrainada minalar qurbonlari soni 2021 yilga nisbatan 10 baravar ko‘p bo‘ldi, deyiladi Landmine Monitor 2023 hisobotida.To‘liq miqyosdagi harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Ukrainada minalardan 608 kishi halok bo‘lgan yoki yaralangan. 2021 yilda tinch aholi orasida qurbonlar soni 58 nafarni tashkil etdi.
ICBL ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda dunyoning 49 ta davlatida minalar va urush qoldiqlari oqibatida kamida 4710 kishi halok bo‘lgan (1661 kishi) yoki jarohatlangan (3015 kishi). Ushbu qurbonlarning 85 foizi tinch aholi, ularning yarmi bolalar bo‘lgan. Ukraina piyodalarga qarshi minalar qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda Suriyadan (834 kishi halok bo‘lgan yoki yaralangan) keyin ikkinchi o‘rinda. Ukrainadan keyin 500 dan ortiq qurbonlar qayd etilgan Yaman va Myanma turadi.
Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan piyodalarga qarshi minalardan foydalanish
ICBL hisobotida aytilishicha, Ukraina hozirda «2022 yilda Xarkiv viloyati Izyum shahri va uning atrofida o‘z qurolli kuchlari tomonidan piyodalarga qarshi minalardan foydalanish bilan bog‘liq holatlarni o‘rganmoqda».
2023 yil yanvar oyida Human Righs Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari tashkiloti Ukraina harbiylari Izyum shahrini Rossiya tomonidan egallab olingan paytda sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan PFM-1 piyodalarga qarshi minalari bo‘lgan o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutgani haqida hisobot e’lon qildi. Ushbu o‘q-dorilar piyodalarga qarshi minalarni qo‘llamaslik to‘g‘risidagi Ottava konvensiyasi tomonidan taqiqlangan, unga Ukraina ham qo‘shilgan. Bunga javoban Kiyev Ukraina Qurolli kuchlari barcha xalqaro majburiyatlarga, jumladan piyodalarga qarshi minalar bo‘yicha ham amal qilishini bildirdi.
Ukraina Ottava shartnomasining ishtirokchisi hisoblanadi
1997 yildagi Ottava shartnomasini 164 davlat, jumladan Ukraina va Belarus imzolagan, Rossiya, AQSh, Xitoy va Hindiston esa unga qo‘shilmagan. Ishtirokchi davlatlar piyodalarga qarshi minalardan hech qachon foydalanmaslik, ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik va o‘z tasarrufidagi barcha zaxiralarni yo‘q qilishga va’da bergan.
Mavzuga oid

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

21:41 / 22.04.2025
Putin ma’lum shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Zelenskiy bunga nima deydi?

13:15 / 22.04.2025
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

13:04 / 22.04.2025