Og‘ir oqibatga olib kelayotgan YTHlar uchun jazo: O‘zbekiston va Kanada misolida
Kanadada 2 kishiga tan jarohati yetkazgan haydovchi 9 oyga qamaldi va 5 yil muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgan. O‘zbekistonda esa oqibati o‘lim bilan tugayotgan YTHlarda ham aybdorlar ochiqda qolmoqda.

Foto: GEtty Images
Kanadada istiqomat qiladigan, asli o‘zbekistonlik Farhod Fayzullayev o‘zi yashaydigan Toronto shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi va uning ishtirokchilariga chiqarilgan sud hukmi haqida yozib qoldirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kanadaning Toronto shahrida 2022 yil yanvar oyida YTH sodir bo‘lgan. Bu ish bo‘yicha chiqarilgan sud hukmiga ko‘ra, BMW haydovchisi 9 oyga qamaladi va 5 yil muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum bo‘ladi.
“Avariya natijasida BMW borib urilgan taksi haydovchisining bir qo‘li yaxshi ishlamay qolgan, taksi yo‘lovchisi esa bir ko‘zi ko‘rmay qolgan”, — deydi Fayzullayev.
Qoidabuzar bunday tez yurishini uyida favqulodda holat yuzaga kelgani bilan izohlagan. Sud materiallariga ko‘ra, haydovchining oila a’zolaridan biri alkogolizmga duchor bo‘lgan va haydovchi uyiga shoshayotgan bo‘lgan. Sudyaning e’tiroziga ko‘ra, haydovchi mashinani tez haydash o‘rniga, 911 telefon qilib, tegishli xizmatlardan yordam so‘rashi kerak bo‘lgan.
Davletov.uz kanali muallifi kanadalik haydovchiga berilgan jazo fonidan O‘zbekistonda shunday holatda aybdorlarga berilayotgan jazolarni eslatgan.
Masalan, yaqinda poytaxtning Yashnobod tumanida Nexia haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 37 haftalik homilador ayolni urib yubordi. Ayol olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, o‘limidan avval tuqqan o‘g‘li ham halok bo‘ldi. Sud haydovchiga nisbatan uch yil sinov muddati bilan shartli qamoq jazosini tayinladi.
Gazeta.uz yaqinda oqibati o‘lim bilan tugagan YTHlar yuzasidan sudlarning tasodifiy 50 ta qarorini o‘rganib chiqqan edi. Sodir etilgan 36 ta jinoiy ish doirasida 12 kishi og‘ir tan jarohati olgan, 18 kishi, jumladan, velosipedchilar o‘rtacha og‘irlikda jarohatlangan, 1 kishi esa yengil jarohatlangan. Olgan tan jarohatlari oqibatida 5 piyoda kasalxonada, yana biri esa hodisa joyida halok bo‘lgan.
36 ta jinoyat ishidan 23 tasi — ushbu YTHlarda 9 kishi og‘ir, 14 kishi esa o‘rta darajadagi tan jarohatlari olganiga qaramay — tomonlarning yarashuvi bilan tugagan. Faqat 12 ta holat jazo tayinlanishi bilan tugagan. Biror bir haydovchi ozodlikdan mahrum qilinmagan.
Olti haydovchi inson o‘limiga sabab bo‘lmagan piyodalarni urib yuborish holati uchun jazolangan. Barcha haydovchilarga 1 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan, ulardan uch nafari 1,5 yildan 2 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilingan. Yana bir sudlanuvchiga esa jabrlanuvchining salkam 41,2 mln so‘mlik davolanish xarajatlarini qoplab berish majburiyati yuklangan.
Piyodalarning o‘limiga sabab bo‘lgan YTHlar uchun biror bir haydovchi ozodlikdan mahrum qilinmagan. Urib yuborgan piyodalari vafot etgan olti haydovchining bari 1 yildan 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilingan. Uch nafari 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolangan. Bir haydovchiga ozodlikni cheklash, yana biriga 1 yillik shartli, uchinchisiga esa 3 yillik axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25
-
24 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:21
-
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:08
-
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
Jahon | 22:36
Mavzuga oid

13:02
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

21:44 / 17.04.2025