Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Markaziy Osiyo davlatlari bilan «5+1» formatida biznes-platforma ishga tushiradi
Ishbilarmon doiralarning ilk uchrashuvi 2024 yilda o‘tkaziladi.
AQSh hukumati Markaziy Osiyoning barcha davlatlari – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish uchun biznes platformani ishga tushiradi. Tuzilma «5+1» formatida bo‘ladi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi e’lon qildi.
Bu yo‘nalishdagi hamkorlik respublikalarning iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlashi ta’kidlanmoqda. Xususan, tomonlar mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va islohotlar, davlat-xususiy sheriklik, innovatsiyalar va xorijiy investitsiyalarga e’tibor qaratishi aytilmoqda.
Hukumat va ishbilarmon doiralar vakillarining «5+1» formatidagi birinchi uchrashuvi 2024 yilga mo‘ljallangan. Tadbir Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadi.
19 sentabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – AQSh» sammitida biznes va iqtisodiyot bo‘yicha alohida forum tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu tashabbus AQSh tomonidan yangragan edi.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026