Janubiy Koreyada it go‘shtini iste’mol qilish taqiqlanishi mumkin
2027 yildan boshlab mamlakatda itlarni so‘yish va go‘shtini sotish butunlay taqiqlanishi kutilmoqda.

Foto: Getty Images
Janubiy Koreya hukumati va hukmron «Xalq kuchi» partiyasi yil oxirigacha it go‘shtini iste’mol qilishni taqiqlovchi qonun qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
«Jamiyatimizda uy hayvonlari sonining o‘sib borayotgani, mamlakatimiz xabardorligi va xalqaro hayotdagi ishtirokini hisobga olgan holda it go‘shti iste’moliga chek qo‘yish vaqti keldi», dedi deputat Yu Yi Don bu haqda.
Qonunga ko‘ra, 2027 yildan boshlab itlarni so‘yish va go‘shtini sotish butunlay taqiqlanishi kutilmoqda. Shuningdek, it fermalari, so‘yish joylari, chakana savdo do‘konlari va restoranlari mahalliy hokimiyatlarga it go‘shtidan bosqichma-bosqich voz kechish rejasini taqdim etishi talab qilinadi. Bunday reja taqdim etilgan taqdirda, biznes qo‘llab-quvvatlanadi.
Janubiy Koreyadagi ikkinchi yirik partiya, hozir muxolifatda bo‘lgan Demokratik partiya ham qonun qabul qilinishi tarafdori. Sentyabr oyida uning vakillari taqiqni ma’qullaganini aytishgan.
It go‘shtini taqiqlash g‘oyasi Janubiy Koreyada bir necha yillardan beri muhokama qilinmoqda. An’anaviy qarashlarga ega bo‘lgan ba’zi odamlar bunga qarshi - ular it go‘shti koreys oshxonasining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlashadi.
So‘nggi yillarda Koreyada yoshlar it go‘shti iste’mol qilishdan voz kechib, ularni uy hayvonlari sifatida saqlamoqda. 2022 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda it go‘shtini iste’mol qilgan 20 yoshli koreyslarning yarmidan ko‘pi ota-onalari yoki yoshi ulug‘ ishdagi hamkasblari tomonidan bosim o‘tkazilgani haqida xabar berishgan.
Janubiy Koreyada hukumat statistikasiga ko‘ra, it go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarni sotuvchi 1150 ta it fermasi, 34 ta it go‘shtini qayta ishlash zavodi, 219 ta distribyutor va 1600 ga yaqin restoran mavjud.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

12:36 / 24.04.2025