Isroil garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha HAMAS taklifini rad etdi
HAMAS bir necha kunlik sulh evaziga faqat ayollar va bolalarni ozod qilishni taklif etgan edi.

Foto: REUTERS/IBRAHEEM ABU MUSTAFA
Isroil hukumati Qatar vositachiligida Falastinning HAMAS guruhining bir necha kunlik sulh evaziga 50 nafar isroillik ayol va bolani ozod qilish taklifini rad etdi. Bu haqda Isroilning Yediot Ahronot gazetasi yozdi.
Isroil harbiy kabineti 18 noyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shunday qaror qabul qilgan. Uchrashuv ishtirokchilari garovga olingan oilalarning bir-biridan ajralishi mumkin emas deb hisoblagan. Ular bir oila vakillarining birgalikda ozod qilinishini xohlamoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Isroil hukumati garovga olinganlarning ko‘prog‘ini ozod qilish evaziga G‘azodagi jangovar harakatlarni ham uzoq muddatga to‘xtatishga tayyor. Isroil rasmiylarining qo‘shimcha qilishicha, ular garovga olingan 70-80 kishini ozod qilish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishga tayyor.
Avvalroq, Al-Arabiya telekanali Isroil va HAMAS garovga olinganlarning 50 nafarini shuncha miqdordagi falastinlik mahbuslar bilan almashishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
Yediot Ahronot ta’kidlaganidek, qatarlik vositachilar so‘nggi 24 soat ichida Isroil bilan aloqada bo‘lmagan. Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi eng yirik Ash-Shifo shifoxonasida operatsiya boshlaganidan so‘ng, HAMAS vakillari Qatar bilan aloqalarini uzgan. G‘azodagi guruh rahbari Yahyo Sinvarning aytishicha, Isroil armiyasi shifoxonada harbiy operatsiya o‘tkazayotgan bir paytda u muzokara olib bora olmaydi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda kuchli dovul kuzatildi
O‘zbekiston | 19:27
-
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
Jahon | 19:10
-
Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

19:29 / 16.05.2025
Trampning yangi Yaqin Sharq doktrinasi: Isroildan voz kechishmi?

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

09:51 / 15.05.2025
Mers: Netanyahu XJS orderiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin

22:15 / 14.05.2025