Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Oy raketasining ikkinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
Raketaning birinchi qismi ajratilganidan keyin havoda portladi va taxminan 10 daqiqalik parvozdan keyin kema bilan aloqa uzilib qoldi.
SpaceX kompaniyasining Oy va Marsga parvoz qilish uchun mo‘ljallangan Starship o‘ta og‘ir raketasi 18 noyabr kuni ikkinchi orbital sinov parvozini yakunlay olmadi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, raketaning birinchi qismi ajratilganidan keyin havoda portladi va taxminan 10 daqiqalik parvozdan keyin kema bilan aloqa uzilib qoldi.
Parvoz SpaceX kompaniyasining Texas shtatidagi Starbase uchirish maydonidan mahalliy vaqt bilan 7:00 da amalga oshirildi.
Ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan raketa tizimi Ship 25 kosmik kemasi va Super Heavy tashuvchisidan iborat edi. Uning balandligi 122 metr bo‘lib, dunyoda yaratilgan boshqa har qanday raketadan uzunroq. Super Heavy tashuvchisi NASA tomonidan Oyga parvoz qilish uchun yaratilgan Space Launch System (SLS) og‘ir raketasidan ikki baravar kuchli.
Sinov parvozi uchuvchisiz rejimda amalga oshirildi. Ikkinchi parvoz paytida raketaning Yer atrofida to‘liq bo‘lmagan bir marta aylanib chiqishi rejalashtirilgan edi. Keyin Ship 25 kemasi Havayi orollari yaqinidagi Tinch okeaniga qo‘nishi kerak edi.
Aprel oyida amalga oshirilgan birinchi sinov parvozi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Kema uchirilganidan so‘ng tashuvchidan ajrala olmadi va oradan 4 daqiqa o‘tgach, SpaceX buyrug‘i bilan Meksika ko‘rfazi uzra o‘zini-o‘zini portlatib yubordi.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
08:50 / 12.06.2026