O‘zbekiston | 19:16 / 19.11.2023
50149
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi ilk osmono‘par bino - Nest One qurilishi yakunlandi

267 metrli Nest One osmono‘pari dastlabki yashovchilarni kutib olishga tayyor.

Foto: Nest One

Butun poytaxt manzarasi ko‘rinib turuvchi restoran, hashamatli xonadonlar va rezidentlar uchun 33 ta jamoat hududlarini o‘z ichiga olgan O‘zbekistondagi eng baland osmono‘par bino – Nest One mehmonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

15 noyabrda oxirgi yillardagi eng shov-shuvli loyiha – ko‘p funksiyali Nest One osmono‘par binosi qurilishi yakunlanishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Nest One majmuasi alohida ekotizim sifatida o‘ylangan bo‘lib, shaharning ajoyib manazarasi namoyon bo‘luvchi premial xonadonlar, ofislar va 33 ta jamoat hududlari: do‘konlar, restoranlar, bolalar maydonchalari, qishki bog‘, dam olish va sport bilan shug‘ullanish hududlarini o‘zida jamlaydi.

O‘zbekistondagi ilk osmono‘par turar joy binosi balandligi 267 metr, ellikdan ortiq qavatdan iborat. Bino 27 000 tonna temir, 150 000 tonna betondan, mingdan ziyod insonning tunu-kun qilgan mehnati evaziga qurib bitkazildi.

Zamonaviy va xavfsiz

Tantanali tadbir Nest One muassislari, Murad Buildings asoschisi Murod Nazarov va Ozguven asoschisi Ozgur Onur Ozguvenning qutlovlari va tabrik so‘zlari bilan boshlandi. Ular bunday olamshumul loyihani ro‘yobga chiqarish fikriga qanday kelganlari, loyihalashtirish va qurilishga qancha kuch va vaqt ketganligi, murakkab pandemiya davrini qanday bosib o‘ta olganlari va zimmalaridagi majburiyatni faxr bilan ado etganlari haqida so‘zlab berdilar.

An’anaviy ochilish marosimi so‘nggida Murodxon Nazarov tadbir tashkilotchilaridan O‘zbekiston madhiyasi ijro etilishini so‘radi.

Osmono‘par bino qurilishi 2019 yilda boshlandi va bugungi kunda Nest One – bu “Orzular amalga oshadigan maskan”dir. Osmono‘par ilk bora qo‘llanilgan ko‘plab novatorlik konsepsiyalarini uyg‘unlashtiradi, barcha ishlatilgan materiallar va yechimlar jiddiy asosga va murakkab muhandislik hisob-kitoblariga ega. Imoratda eng so‘nggi jahon texnologiyalari qo‘llanilgan va bugungi kunda dunyodagi eng xavfsiz osmono‘par binolardan biri sanaladi. Yong‘in xavfsizligi barcha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda loiyhalangan.

Binoning tashqi fasadini bezashda o‘tga chidamli materiallardan foydalanilgan. Binoning ichki tarafida eng zamonaviy tutun sezish tizimi o‘rnatilgan, sezgir datchiklar tufayli u sanoqli soniyalarda muammo haqida signal yo‘llaydi va yong‘inga qarshi himoya tizimini ishga tushirishga buyruq beradi. Evakuatsiya yo‘llari ventilyatsiya tizimining oqilona rejalashtirilgani va makonning germetikligi tufayli tutun to‘lib qolishidan puxta himoyalangan. Binoda yong‘inga qarshi liftlar, avariyaviy yoritish tizimi ko‘zda tutilgan, avariyaviy elektr energiyasi generatorlari o‘rnatilgan.

Nest One mehmonlarni kutib oladi

Muassislar ko‘chmas mulk sohiblari intiqlik bilan kutgan yangilikni e’lon qildi: xonadonlar, ofislar va riteyl-hududlarning egalariga kadastr hujjatlarini bosqichma-bosqich taqdim etish boshlandi.

Nest One – O‘zbekistondagi birinchi osmono‘par mamlakatdagi eng baland turar joyi binosi bo‘ldi. All Inclusive xizmatlar konsepsiyasi asosida bunyod etilgan binoda jami 1029 ta xonadon va 29 ta tezyurar lift mavjud. 20 ta VIP-xonadon shundoqqina bulutlar ostida, 41- va 50- qavatlar oralig‘ida joylashgan. Aksariyat shohona apartamentlar allaqachon sotib olingan.

“Shahar ichidagi shahar”ga ekskursiya

Ko‘p qavatli “shahar ichidagi shahar” taqdimoti A bloki bo‘ylab ekskursiya bilan davom etdi. Mehmonlar bir necha ahamiyatli joylarda bo‘ldi, u yerda ushbu ko‘p funksiyali majmuaning xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

1- qavat: kirish guruhi va tijorat makonlari. Bu yerda – asosiy kirishda networking uchun maydonlar va do‘konlar joy oladi, ular shoping, premial restoranlar va kafelar ishtiyoqmandlarini jalb qiluvchi maskan bo‘ladi.

28-qavat, Sky walk. Qavat perimetri bo‘ylab yugurish yo‘lakchasiga ega sport makoni, bu yerda Nest One yashovchilari va rezidentlari shahar va Tashkent city bog‘ining ajoyib manzarasidan bahra olgan holda, kardio-mashg‘ulotlar, yoga va pilates bilan shug‘ullanishi mumkin. Bundan tashqari, majmuaning ikkinchi va uchinchi qavatlarida yopiq suv havzasi va SPA-majmualarga ega fitnes-markaz, qishki bog‘, bir nechta bolalar o‘yin maydonchalari, kinozal, play-station hududi, karaoke joylashgan.

44- qavat, Sky Villas shourumi. “Samodagi villalar” – bu derazasidan ajoyib manazara ko‘rinib turuvchi premial apartamentlardir. Shourum-xonadon interer modasining oxirgi talablariga muvofiq jihozlangan va qulay dizaynerlik hamda texnologik yechimlar bilan to‘lgan.

48- va 52- qavatlar – tomosha terrasalari va osmono‘par binoning eng yuqori nuqtasida Toshkent va tog‘larning maftunkor manzaralaridan zavq olish mumkin.

Matbuot anjumani 48- qavatdagi bayram ziyofati bilan yakunlandi, unda Nest One jamoasi va yetakchi jurnalistlar, blogerlar, inflyuyenserlar qatnashdi.  

Har kim rezident bo‘la oladi

Endi har kim O‘zbekistondagi ilk Nest One osmono‘parining yuqori qavatlarida joylashgan hashamatli rezidensiyalar egasi bo‘lishi mumkin. Lekin sevimli shahar kaftdek namoyon bo‘ladigan apartamentlar soni cheklangan.

Nest One’da xonadonni 10 yil muddatga, chegaralanmagan kreditlash summasi bilan ipotekaga xarid qilish mumkin, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun esa faqat pasport bo‘lsa, kifoya.

Reklama

Mavzuga oid