Isroilning Ğazoga bosqini davom etar ekan, juma kundan tört kunlik öt oçmaslik sulhi tuzildi. “Geosiyosat” loyihasi doirasida bir neça bor uşbu konfliktni tahlil qildik. Asosan uşbu tarixiy nizo e’tiqodlar töqnaşuvi sifatida tanilgani sir emas. Lekin Ğazoning geosiyosiy va geoiqtisodiy örni qanday? Isroil atrofidagi arab davlatlaridan özini tan olinişidan taşqari yana nima xohlaydi? Ayni mana şu savollar yuzasidan yaqin şarq masalalari böyiça ekspert Şavkat Ikromovga yuzlandik.

— Mintaqada Ğazoning geosiyosiy örni qanday?

— Ğazo strategik ahamiyatga ega bölgan hudud. Geosiyosiy va geoiqtisodiy jihatlar ta’sir körsatişga ega, lekin ahamiyati juda yuqori emas. Ğazo Falastin qarşilik körsatiş harakatining markazi ham hisoblanadi. Bu yerni 2007 yildan buyon HAMAS taşkiloti nazoratga olgan.

Bundan taşqari, Ğazoga Isroildan, Misr, Iordaniya, Suriya va Falastinning özidan köplab migrantlar kirib kelgan. Şuning uçun ham bu yerda 3 mlnga yaqin aholi bor. Dunyodagi aholi eng ziç joylaşgan hududlardan biri. Falastin qarşilik harakatidan taşqari ham Ğazoga boşqa yerdan kelgan kiçik guruhlar joylaşgan, jinoyatçilik va korrupsiya ham yuqori darajada. Inson huquqlari poymol qilinişi, demokratiyaga qarşi harakatlar, jinoyatlar Ğazodagi oddiy holga aylanib qolgan.

Ğazo dunyodagi qişloq xöjaligiga ega bölgan kam sonli şaharlardan biri. Bu yerga resurslar kirib kelişi çeklangan, çunki 2 ta çegarasi bor, ya’ni Isroil va Misr bilan. Nizolar tufayli bu çegaralar ham yopilib turadi. Asosan xalqaro gumanitar yordamlar bilan kun körişadi.

Ğazoda çuçuk suv zaxiralari mavjud edi, ammo oxirgi bir neça ön yilda faol özlaştirilgani uçun çuçuk suv ham muammoga aylanib qolgan.

Ğazo inqirozi boşlangandan beri bilvosita tarzda neft savdosiga ham ta’sir qilmoqda. Xalqaro energetika qömitasiga köra, uruş Ğazodan taşqariga çiqsa, jahonda neft narxi böyiça beqarorlik kuzatiladi. Ammo bu borada hali bunday keskin ta’sirlar kuzatilmadi. Neft narxi ma’lum darajada kötarildi, menimça, bunga sabab ötgan asrdagidek neft inqirozi bölişidan xavotirlar böldi. Bundan taşqari, Eronning HAMASga yordam berayotgani aniqlansa, Eron neftiga sanksiyalar joriy qilinib, neft narxi kötariladi degan xavotirlar ham bor.

Ğazo ham, Isroil ham neft zaxiralariga ega emas. Lekin dunyo bozoridagi holatga ta’sirini ötkaza oladi. Narxlar kötarilişiga neft logistikasi xavfsizligi beqarorlaşgani ham sabab böldi. Konflikt kuçayib yoki kengayib borsa, vaziyat oğirlaşadi.