BAA Içki işlar vazirligi isroillik rohib Tsvi Koganning öldirilişida gumonlanayotgan şaxslar qölga olinganini e’lon qildi.
Ta’kidlanişiça, ular – Mahmudjon Abdurahim öğli Kenjaboyev, Azizbek Komiloviç Ismoilov, Olimboy Tohiroviç Davlatyorov bölib, barçasi Özbekiston fuqarosi. BAA IIV keltirgan fotosuratlarda ular közi boğlangan, qöl-oyoği kişanlangan holda tasvirlangan.
Qayd qilinişiça, iş prokuraturaga oşirilgan, ammo ularga qanday ayblov qöyilayotganiga aniqlik kiritilmagan. Şuningdek, qotillik motivlari qanday bölgani ham noma’lum.

28 yoşli ravvin Tsvi Koganning jasadi 24 noyabr kuni topildi. 21 noyabr kuni u bedarak yöqolgani, uni oxirgi marta Dubayda körişgani haqida xabar berilgan edi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, Kogan BAA rezidenti, şuningdek, Moldova fuqarosi bölgan. U bir neça yil BAAda yaşab, Nyu-Yorkdagi pravoslav yahudiylarning «Çabad» harakati bilan birga yahudiy jamoat işlari bilan şuğullangan.

















