Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning Özbekistondagi elçisi Gideon Lustig bilan uçraşib, Tsvi Koganning vafoti munosabati bilan “çuqur hamdardlik” bildirdi.

“Özbekiston xalqi barça din va elat vakillariga azaldan döstona munosabatda bölib kelgan. Biz millatçilikning heç qanday körinişiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz. Terrorizm va ekstremizmning çegarasi va millati yöq. Özbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, – deya ma’lum qildi Saidov.

Tsvi Kogan – Isroil va Moldova fuqarosi, BAA rezidenti bölgan ravvin. 21 noyabr kuni Al-Ayn amirligida uning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. BAA Içki işlar vazirligi jinoyatda gumonlab uç nafar Özbekiston fuqarosini qölga olgan. Isroil naşrlariga köra, “Mossad” gumondorlarni Eron bilan boğliq guruhga aloqador deb hisoblamoqda.