18:19 / 27.11.2023
5463

Andijondagi konda erkak tosh bosib qolishi oqibatida vafot etdi 

U ehtiyotsizlik qurboni bo‘lgani ta’kidlanmoqda. 

Illyustrativ foto

25 noyabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumanidagi shaxtada ishlayotgan 46 yoshli erkak ehtiyotsizlik oqibatida vafot etdi. 

Qayd qilinishicha, hodisa «Muhammad Tosh» konida sodir bo‘lgan. Erkak tosh chiqarayotgan vaqtida ustiga tosh yumalab ketgan va bosib qolgan. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘lgan. 

Marhumdan xotini va ikki farzandi qolgani aytilmoqda. 

Holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Shu yilning fevral oyida Toshkent shahri, Olmazor tumanida «Suv ta’minoti» xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan edi. 

Oktyabr oyida Toshkent shahri, Uchtepa tumanida tuproq o‘pirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.

Top