«Özenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boşqarmasi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorligida nazorat tadbiri ötkazildi.
Unda, Andijon şahrida faoliyat yuritayotgan «B.S.Z.» MÇJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyumin mahsulotini qayta işlaş sexi taşkil etib, hujjatlarsiz, töğridan töğri gaz tarmoğiga ulanganligi aniqlandi.
Uşbu qoidabuzarlik holati böyiça dalolatnoma rasmiylaştirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, davlat manfaatlariga 6 mlrd 782 mln söm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.








