Antarktida yaqinida dunyodagi eng katta aysberg harakatlana boshladi
Uning maydoni Nyu-Yorkdan uch barobar katta va kuniga 5 km tezlikda suzmoqda.

Foto: European Union/Copernicus Sentinel-3/Handout/Reuters
37 yil davomida Antarktida qirg‘oqlari yaqinida dengiz tubiga yopishib qolgan dunyodagi eng katta aysberg faol harakatlana boshladi. Bu haqda 24 noyabr kuni Britaniya Antarktika tadqiqoti olimlari Ella Gilbert va Oliver Marsh ma’lum qildi, deb yozdi CNN.
A23a deb nomlangan aysberg 1986 yilda Filxner muzligidan ajralib ketgan katta muz bo‘lagidan hosil bo‘lgan. Shundan so‘ng, u deyarli darhol G‘arbiy Antarktida qirg‘og‘idagi Ueddel dengizining tubiga cho‘kdi. Ammo hozir, olimlarning ta’kidlashicha, u tabiiy jarayonlar ta’sirida dengiz tubidan ajralib chiqdi.
Olimlar A23a qalinligini taxminan 400 metr, maydoni esa deyarli to‘rt ming kvadrat kilometrni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Bu Nyu-Yorkning maydonidan uch baravar (taxminan 780 kvadrat kilometr) va Moskva maydonidan 1,6 baravar (taxminan 2500 kvadrat kilometr) ko‘proq.
Olimlarning taxminiga ko‘ra, okean oqimlari ta’sirida aysberg katta ehtimol bilan sharqqa qarab suzadi va kuniga taxminan besh kilometr yo‘l bosadi. Ular bunday o‘lchamdagi aysberg hatto Janubiy Atlantikaning iliq suvlarida ham ancha vaqt qolishi va Janubiy Afrikaga qarab harakatlanishidan xavotirga tushgan.
2020 yilda olimlar A68 deb nomlangan yana bir yirik aysberg Janubiy Jorjiya oroli bilan to‘qnashib, qirg‘oqda qolib, tyulen va pingvinlar uchun oziq-ovqat yo‘lini to‘sib qo‘yishidan, dengiz tubi jonzotlarining halokatidan xavotirlangan edi. Biroq, aysberg oxir-oqibat kichikroq bo‘laklarga bo‘linib ketdi va oqim ularni Atlantika okeaniga olib ketdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi

23:00 / 25.01.2025