O‘zbekiston | 10:24 / 29.11.2023
3318
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning uch tumanida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi

Uchtepa, Yakkasaro va Bektemir tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. 

Foto: Kun.uz

Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 29-30 noyabr kunlari gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Uchtepa tumanida 29 noyabr kuni 11:00 dan 17:00 gacha:

— 13-mavzedagi 6 ta ko‘p qavatli uylar, 480 ta yerli xonadonda;
— ulgurji iste’molchilar — 2 ta.

Yakkasaroy tumanida  30 noyabr 11:00 dan 17:00 gacha:

— Qushbegi mahallasi;
— Meros mahallasi;
— To‘qimachi mahallasi;
— Muhandislar mahallasi;
— ulgurji iste’molchilar — 42 ta.

Bektemir tumanida  30 noyabr 10:00 dan 18:00 gacha:

— Husayn Boyqaro mahallasi;
— Bektemir mahallasi;
— Oltintopgan mahallasi;
— Abay mahallasi;
— Musaffo mahallasi;
— Sohil mahallasi;
— ulgurji iste’molchilar — 284 ta.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid