Ukraina Qurolli kuchlari birinchi marta Leopard 1A5 tankini yo‘qotdi
Eng kam himoyalangan tank oldin minaga yo‘liqqani, so‘ngra rus artilleriyasi tomonidan yo‘q qilingani aytilmoqda.
Ukrainadagi janglarda rus qo‘shinlari birinchi marta Leopard 1A5 tankini yo‘q qilishdi. Bu haqda Forbes jurnalisti Devid Aks 28 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga tayanib xabar berdi.
Videoda Germaniyada ishlab chiqarilgan tanklardan biri «Ukrainaning qorli sharqida» Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgani tasvirlangan. U ehtimol Ukraina Qurolli kuchlarining 44-mexanizatsiyalashgan brigadasiga tegishli bo‘lishi mumkin.
40 tonnalik tank Rossiyaning droni tomonidan topildi va artilleriya uchun qulay nishonga aylandi, deb yozdi Forbes. Bunda tank dastlab mina portlashi oqibatida shikastlangan bo‘lishi mumkin. Lavhada tank ekipaji ko‘rinmaydi, ammo minoraning ochiq lyuklariga ko‘ra, harbiylar tankdan tushishga muvaffaq bo‘lishgan.
Forbes nashrining ta’kidlashicha, Leopard 1A5 eng kam himoyalangan tank hisoblanadi.
«Brigada oxir-oqibat tanklarni yo‘qotishi muqarrar edi. Ammo birinchi Leopard 1A5 tezda ishdan chiqdi: jangga kirishganidan bir necha hafta o‘tgach», deb yozdi Aks.
Shu yilning sentabr oyida Buyuk Britaniyaning Challenger 2 tanki ham birinchi marta rus qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilingan edi. The Guardian nashri G‘arb razvedka idoralari ma’lumotlariga tayanib, tank avvaliga minaga tushib qolgani va uning orqa yonilg‘i baki yonib ketgani, ekipaj tankni tark etgani, keyin esa Rossiya droni tankka zarba bergani haqida yozgan edi.
Mavzuga oid
21:06
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Vuhledar shahri egallanganini e’lon qildi
20:05
«Faqat piyoda qochish mumkin edi» - ukrain jangchilari Vuhledardan chiqish haqida
16:56 / 02.10.2024
Rossiya armiyasi Ukrainaning «qal’a shahri» Vuhledarni egalladi
12:10 / 02.10.2024