Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil armiyasi G‘azodagi «gumanitar pauza» uzaytirilganini e’lon qildi
HAMAS otashkesim kelishuvini bir kunga uzaytirilganini tasdiqladi.
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi «gumanitar pauza» tugashiga bir necha daqiqa qolganida uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Isroil armiyasi xabarida otashkesim necha kunga uzaytirilgani ko‘rsatilmagan.
«Vositachilar ko‘magida mahbuslarni ozod qilish jarayoni davom etadi va kelishuvga ko‘ra harbiy harakatlar to‘xtatiladi», deyiladi bayonotda.
O‘z navbatida HAMAS «gumanitar pauza» bir kunga uzaytirilganini e’lon qildi.
Isroil va XAMAS o‘rtasida vositachilik qilayotgan Qatar ham «gumanitar pauza» uzaytirilganini tasdiqladi.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026