Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti hamda Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida dual ta’limni rivojlantirişga qaratilgan xalqaro anjuman taşkil etildi. Dual ta’lim – talabaga ta’limni öz yönalişiga mos taşkilotda mehnat qiliş bilan birga olib boriş imkoniyatini beradi.
28 noyabr kuni Toşkentdagi Koreya-Özbekiston texnoparkida Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti hamda Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida dual ta’limni rivojlantirişga qaratilgan “Soha korxonalari uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaşda dual ta’limning örni hamda fan, ta’lim, işlab çiqariş klasterlarini rivojlantirişda innovatsion yondaşuvlar” mavzusidagi xalqaro anjuman bölib ötdi.
Konferensiyada dunyoning 10dan ortiq mamlakatlaridan soha vakillari va mahalliy korxonalar, soha mutasaddilaridan iborat 500 nafardan ortiq mehmonlar iştirok etişdi.

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toşkent filiali direktori Qalandar Abdurahmonov Özbekistonda dual ta’limning ilk qadamlari uşbu institutda yölga qöyilganini ta’kidlab ötdi.
“Dual ta’lim tizimini nazariy jihatdan köp eşitganmiz, amaliy jihatdan esa Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutidan boşlanganini köryapmiz. Institut talabalari öqişning yarmini institutda nazariya bilan, yarmini esa işlab çiqarişda bandlik bilan ötkazişayotganining guvohi bölyapmiz.
Bugungi kunda respublikamizdagi aksariyat töqimaçilik korxonalarida xorijlik mutaxassislar işlaydi. Bizning maqsadlarimizga köra, 3-4-kursda tahsil olayotgan talabalarimiz şu mutaxassislarning örnini bosadi va ortiqça xarajatlardan voz keçgan bölamiz”, - dedi akademik.

Dual ta’lim talabaga ta’limni öz yönalişiga mos taşkilotda mehnat qiliş bilan birga olib boriş imkoniyatini beruvçi tizimdir. Bunda talabalar haftaning 3 kunida institutda nazariy bilimlarni, qolgan 3 kunida korxona va taşkilotlarda haqiqiy iş jarayonlarida amaliy könikmalarni egallaydi. Dual ta’lim şaklida tahsil olayotgan talaba korxona va taşkilotlarda işga qabul qilinganda ularga korxona tomonidan malakali ustoz biriktiriladi va oylik maoşi tölanadi.
Tadbirdan maqsadimiz – dual ta’limning samaradorligini körsatiş. Undan taşqari 10dan ortiq korxonalar bilan kelişuvlar imzolandiki, aynan 3-4-kurs talabalari haftasiga 3 kun davomida işlab çiqariş korxonalariga işga borişadi. Ya’ni nazariy va amaliy bilim birga olinadi. Buning natijasini rejamizga köra, 2025 yil bitiruvçilarining 65 foizi şu sohada ketadi. 2022-23 öquv yili bitiruvçilarining 25 foizi yengil sanoat sohasiga ketyapti, çunki ularda bu sohaga qiziqiş past. Dual ta’limning qiziqişini kuçaytiriş böyiça tegişli farmon bilan “kasb egasi” degan tizim şakllantirildi. Bu tizimda talaba tadbirkor bilan haftasiga örtaça 20 soat hamkorlikda işlasa, bir oyga 2 mln söm tadbirkorga tölab beriladi. Tadbirkor talabaga stipendiya tölaydi, öz navbatida tadbirkorga jamğarma tomonidan qoplab beriladi.


















