Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulh tugadi, harbiy amaliyotlar davom ettirildi
24 noyabrdan beri amalda bo‘lgan sulh muddati tugadi.

Isroil va HAMAS o‘rtasida 24 noyabrdan beri amalda bo‘lgan va mos ravishda 27 va 29 noyabrda ikki marta uzaytirilgan sulh muddati tugadi.
Isroil mudofaa kuchlari 1 dekabr kuni ertalab G‘azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshlaganini ma’lum qildi.
«HAMAS sulh shartlarini buzdi va Isroil hududini o‘qqa tutdi. Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo sektorida HAMAS harakatiga qarshi jangovar harakatlarni qayta boshladi. Isroil G‘azo sektoridagi hamaschilar manzillariga zarba berdi», deyiladi Isroil Mudofaa vazirligi xabarida.
O‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv 24 noyabr kuni kuchga kirdi. Bunga Qatar, Misr va AQSh vositachiligida erishildi. Kelishuv G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berishni va 1/3 nisbatda garovdagilar va mahbuslarni almashtirishni nazarda tutar edi.
Dastlabki kelishuv 4 kunlik otashkesimdan iborat bo‘ldi, keyin kelishuv yana ikki kunga, so‘ngra bir kunga uzaytirildi.
Sulh boshlanganidan beri HAMAS garovga olingan 90 nafar isroillikni, Isroil esa 180 nafardan ortiq falastinlik mahbusni ozod etdi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
-
Vatikanda yangi Rim papasining inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:22
-
Dunyoda qariyb 300 mln kishi ochlik yoqasida ekani ma’lum qilindi
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

22:36 / 17.05.2025
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi

19:29 / 16.05.2025
Trampning yangi Yaqin Sharq doktrinasi: Isroildan voz kechishmi?

15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi

09:51 / 15.05.2025