O‘zbekiston | 13:46 / 02.12.2023
54988
2 daqiqa o‘qiladi

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 4-6 dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan

7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi 4-5 dekabrda kechasi +13…+18 daraja, 6 dekabrda +8…+13 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4…+9 daraja, kunduzi 4-5 dekabrda kechasi +4…+9 daraja, 6 dekabrda +13…+18 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan

7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4…+9 daraja, kunduzi 4-5 dekabrda +15…+20 iliq. 6 dekabrda +13…+18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +17…+22 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0…+5 iliq, kunduzi +8…+13 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid