Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov qo‘lga olindi
Tezkor tadbirlarda jami 22 kishi ushlangan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Farg‘ona viloyatida 27 noyabr kuni sportning jangovar turi bilan shug‘ullangan Humoyun To‘xtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli tezkor vaziyatga salbiy ta’sir qiluvchi shaxslarni yig‘ib, Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxsga tan jarohati yetkazgan. U hodisa joyidan yashiringan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabar berishicha, «Zarbdor 40 kunlik» doirasida Farg‘ona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash borasida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, tezkor ma’lumotlar asosida kriminogen muhit mavqeyiga ega bo‘lgan 248 nafar shaxsning yashash va boshqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning huquqbuzarliklarini aniqlash bo‘yicha 106 marta faol tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, 66 ta jinoyatlar aniqlandi.
Mazkur tadbirlar davomida:
- 4 kg 749 gramm giyohvandlik vositalari;
- 78 dona psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar;
- 41 ta qurol, o‘q dorilar va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolar olindi.
- 45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar;
- jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashiringan 37 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
O‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan jami 22 nafar shaxs bezorilik ustida ushlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yildi.
Qo‘shimcha qilinishicha, 22 noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvchi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzarahimov o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘tkazilgan tezkor ishlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoshlari qo‘lga olinib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Shuningdek, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uyushgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamachilik va mulklarni boshqa yo‘llar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qo‘lga olinib, tergov organlariga topshirildi.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Politico Tramp va Putin uchrashuvi oldidan Ukrainaning talablarini e’lon qildi
Jahon | 23:37
-
Tashkil qilinayotgan yangi agentlik, zapravkalarda navbatdagi portlash va 9,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan yollanma xodim – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:15
-
Meksika 26 nafar narkobaronni AQShga topshirdi
Jahon | 22:48
-
AQSh Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazish uchun joy qidirmoqda - CBS
Jahon | 22:20
Mavzuga oid

10:45 / 12.08.2025
Tramp jinoyatchilikka qarshi kurashish bahonasida Vashingtonga harbiylarni kiritmoqda

22:08 / 05.08.2025
DXX qamoqxona madaniyatini jozibador ko‘rsatuvchi AUYe harakatidan ogohlantirdi

17:30 / 01.08.2025
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi

13:46 / 30.07.2025