Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lacetti ishlab chiqarish butunlay to‘xtatiladi
UzAuto Motors 2024 yildan Lacetti-Gentra rusumidagi avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu General Motors kompaniyasining global savdo siyosati bilan izohlangan.

UzAuto Motors Lacetti-Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.
Kompaniya ushbu modelning butunlay konveyerdan olib tashlanishini GM kompaniyasining global savdo siyosati bilan bog‘lagan.
«Mazkur avtomobil uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari yangi modellarga yo‘naltiriladi», deyiladi xabarda.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Lacetti o‘rnini Onix, Cobalt-2 va yangi, hali sotuvi e’lon qilinmagan hamyonbop boshqa bir Chevrolet modeli egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors 2003 yildan Lacetti avtomobilini ishlab chiqarishni boshlagan. 2008 yildan ushbu modelni seriyali yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. 2013 yilda esa Lacetti-2 (hozirgi Gentra) ishlab chiqarilishi boshlandi. Bir yildan keyin birinchi avlod Lacetti’ning ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan.
Avvalroq, dekabr oyining ikkinchi yarmida 2024 yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiya ochilishi ma’lum qilingandi. Shartnoma berish Cobalt, Damas hamda Labo modellari uchun amalga oshiriladi.
UzAuto Motors o‘tgan yilning oxirida Nexia-3 va Spark ishlab chiqarishni ham to‘xtatgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:20
-
Mikrohududdan tashqarida 1-sinfga qabul va «jafokash» «Sag‘bon» nimstansiyasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:17
-
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi
Jahon | 23:12
-
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00
Mavzuga oid

23:32 / 30.06.2025
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

22:03 / 17.03.2025
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi

19:53 / 12.03.2025