Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident va nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari e’lon qilindi
2023/2024 o‘quv yili uchun prezident va nomli davlat stipendiyalari oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasiga berilgan.
2023/2024 o‘quv yili uchun prezident va nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Davom etayotgan o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasiga prezident va nomli davlat stipendiyalari berildi. Ro‘yxat bilan bu yerda to‘liq tanishish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor bo‘lolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablag‘i bilan rag‘batlantiriladi.
Mavzuga oid
18:57 / 10.10.2025
Talabalarning stipendiyalari hafta yakunigacha to‘lab beriladi – vazirlik
14:23 / 13.09.2025
O‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalar Xitoy stipendiyasi bilan ta’minlanadi
20:42 / 16.08.2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi 15 foizga oshirildi
20:44 / 08.08.2025