08:13 / 07.12.2023
2317

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston hududiy aeroportlarini rivojlantirishda ishtirok etishi mumkin

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda transport sohasidagi infratuzilma loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Foto: Dunyo AA

Transport vazirligida Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi prezidenti Omar Ali Midani boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida mamlakatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yo‘l xo‘jaligi va transport sohasidagi infratuzilma loyihalari, mazkur loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari muhokama etildi.

Vision Invest kompaniyasi vakillari hududiy aeroportlarni davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlari asosida rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni ma’lum qildi.

Uchrashuv davomida, shuningdek, bir nechta loyihalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Top