Aerodrom buksiri - bu havo kemalarini şatakka olib yuriş uçun möljallangan ixtisoslaştirilgan yuk maşinasi. Xususan, samolyotlar mazkur transport vositasi yordamida uçiş-qöniş yölagiga, turiş joyiga, terminalga yoki texnik xizmat körsatiş uçun angarga yetkaziladi. 

Buksir yordamida samolyotning perronda aniq joylaşişini ta’minlaş, aviatsiya yoqilğisini tejaş va dvigatelning işlaş muddatini uzaytiriş, şuningdek, samolyotlarni aeroport içida harakatlantirişda xavfsizlikni ta’minlaşga yordam beradi.

Uzbekistan Airports kompaniyasi maxsus transport parkini yangilaş va modernizatsiya qiliş böyiça tizimli işlar olib bormoqda. 

Jumladan, aerodrom majmuasini tozalaş uçun yangi universal maşinalar, samolyotlarni muzdan tozalaş maşinalari, samolyot taşuvçi transport, dvigatellarni yerda işga tuşiriş qurilmalari, samolyot saloni uçun havo konditsionerlari va boşqalar xarid qilinmoqda.