O‘zbekiston | 23:15 / 09.12.2023
10488
1 daqiqa o‘qiladi

Nodirbek Abdusattorov Champions Chess Tour 2023 final bosqichida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik sportchi dunyoning eng yaxshi 8 nafar shaxmatchisi qatorida 200 ming dollar mukofot uchun kurashadi.

9-16 dekabr kunlari Kanadaning Toronto shahrida shaxmat bo‘yicha Champions Chess Tour 2023 final bosqichi o‘tkaziladi.

Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.

Sovrin jamg‘armasi 500 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi nufuzli superturnir finalida dunyoning eng kuchli shaxmatchilari, jumladan, norvegiyalik Magnus Karlsen, amerikalik Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Uesli So, fransiyalik Maksim Vashiye-Lagrav, Alirizo Firuzjo va belaruslik Denis Lazavik ham bor.

G‘olib 200 ming dollarni qo‘lga kiritadi.

Mavzuga oid